Google, Facebook va Yandex o‘z serverlarini O‘zbekistonda joylashtirishi mumkin

© AFP 2023 / LEON NEALLogotip Google
Logotip Google - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu internet foydalanuvchilari tomonidan audio, video, dasturiy ta’minot va kontentning boshqa turlarini yuklab olish tezligini oshirishga yordam beradi.

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. O‘zbekiston Google, Facebook va Yandex bilan ushbu kompaniyalarning serverlarini mamlakatda joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib boradi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarovning so‘zlariga ko‘ra, bu respublikadagi foydalanuvchilar uchun Internetdan foydalanish tezligini oshiradi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, dunyoning yirik internet xizmatlarini kompaniyalari tomonidan server uskunalarini lokalizatsiyasi amalga oshiriladi.

"Bu Internet-foydalanuvchilarning ushbu xizmatlar taqdim etadigan audio, video, dasturiy ta’minot va kontentning boshqa turlarini yuklab olish tezligini oshiradi", - deydi Umarov.

Bir necha kun oldin Yandeksning O‘zbekistondagi sobiq mintaqaviy direktori Yevgeniy Lukyanchikov Facebook'dagi o‘z postida respublikada “digital-suitsid” holatlari haqida gapirdi.

Uning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston rivojlanishining ko‘plab sohalaridan farqli o‘laroq, raqamli iqtisodiyotda 2017-yilda WhatsApp va Skype’ning bloklanishi, o‘tgan yili YouTube va Facebook’ning bloklanishi, shuningdek, bu yil Google’ga soliq joriy etilishi tufayli “digital-suitsid” holatlari kuzatilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0