O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi 19-20 fevral kunlari Turkiyaga tashrif buyurishdi.
Davlat rahbarlarining tor va kengaytirilgan doirada uchrashuvlarni o‘tkazishdi. Unda mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat vazirlik va kompaniyalari o‘rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro mahsulot yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, klinikalar va oliy o‘quv yurtlari tashkil etish bo‘yicha aniq loyihalar muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev 2017-yil oktabr yakunida Turkiyaga tashrif buyurgandi, Erdog‘an esa O‘zbekistonga 2018-yil aprel oyida kelgan.