TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Qozogʻistonning Chimkent shahri yaqinidagi harbiy qismdan askar qurol bilan qochib ketdi. Politsiya uni qidirmoqda. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston nashri xabar qilmoqda.
Mamlakat mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, Chimkent shahri yaqinidagi havo hujumiga qarshi harbiy qismlarning biridan shartnoma asosida xizmat qilayotgan kichik serjant oʻzboshimchalik bilan qismni tark etgan. Oʻq-dori saqlash xonasida maʼlum miqdordagi oʻqotar qurol yetishmasligi aniqlangan.
Huquq-tartibot organlari va harbiy politsiya harbiy xizmatchi qoʻlga olish va yoʻqolgan qurollarni qidirishga oid barcha zaruriy tezkor-tadbirlarni oʻtkazmoqda. Shuningdek, xavfsizlikni taʼminlash choralari koʻrilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda qism navbatchisining yordamchisi jangovar navbatchilik vaqtida soat 4da qurol oʻgʻirlagani haqida xabarlar tarqaldi. Matnda “Perexvat” rejasi haqida gap bormoqda.
Aytilishicha, 30 dona AK-74, 27 dona 9 mm Makarov toʻpponchasi, AK oʻqlari (420 dona), Makarov pistoleti oʻqlari (48 dona), travmatik toʻpponcha (bir dona, 24 dona oʻq) oʻgʻirlangan.