Jamiyat

“Prava” olish uchun avtomaktablarda oʻqish majburiyligini bekor qilish taklif qilindi

© Sputnik / Vitaliy Belousov /  / Mediabankka oʻtishTeoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF
Teoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda oʻqish majburiyligini bekor qilish taklif qilinmoqda.

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda oʻqish majburiyligini bekor qilish taklif qilinmoqda. Tegishli petitsiya “Mening fikrim” portalida eʼlon qilingan.

“Avtomaktablarda oʻqitishdan maqsad nima? Yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatishmi, buni mustaqil oʻqib-oʻrganish ham mumkin. Yoki avtomobil boshqarishni oʻrganishmi? Buni biror qarindosh yoki tanish yonida yurib ham oʻrganish mumkin. Hozirda maktablar oʻqitish xizmati uchun 2-3 million soʻraydi. Maqsad pul toʻlashmi, bu pulni oʻz qarindoshimizga bersak ham boʻladi. Baribir YHXBda imtihon topshirmagunimizcha “prava” bermaydi”, - deya yozgan muallif.

Muallif fikriga koʻra, IIB YHXBda imtihon topshirish uchun toʻlovlarni amalga oshirgan fuqarolardan avval nazariy, nazariy imtihondan oʻtganlardan amaliy imtihon olinib, imtihon topshirganlarga toifali haydovchilik guvohnomasi topshirilishi yetarli boʻladi.

Shuningdek, u avtomaktablarni qatʼiy yopish tarafdori emasligini urgʻulab, avtomaktablarda oʻqishni ixtiyoriy qilishni taklif qilgan.

Yangiliklar lentasi
0