Jamiyat

Parhezshunos kimga energetik ichimlik ichish taqiqlanishini aytdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka oʻtishProdaja energeticheskix napitkov
Prodaja energeticheskix napitkov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Alkogolsiz energetik ichimliklarini isteʼmol qiladiganlar suvsizlanish, tishlar bilan bogʻliq muammolar, gipertoniya va diabetga yoʻliqadi. Internet bunday dahshatli xabarlar bilan toʻlib toshgan.

TOSHKENT, 20 fev - Sputnik. Energetik ichimliklarni inson salomatligi uchun zararsiz deb atash mumkin, ammo miqdori, shakar va bir qator “surunkali kasalliklarni” hisobga olish talab etiladi. Bu haqda Sputnik radiosiga parhezshunos va ovqatga qaramlikni davolash mutaxassisi Ivan Alimenko soʻzlab berdi.

Alkogolsiz energetik ichimliklarini isteʼmol qiladiganlar suvsizlanish, tishlar bilan bogʻliq muammolar, gipertoniya va nihoyat diabetga yoʻliqadi. Internet bunday dahshatli xabarlar bilan toʻlib toshgan. Ivan Alimenko ular unchalik toʻgʻri emas deb hisoblaydi.

Ovqatga qaramlikni davolash mutaxassisi tanadagi bunday noxush oqibatlar haqiqatan ham yuz berishi mumkinligiga amin.  Bashartiki energetiklar chelaklab ichilsa. Ivan Alimenko dastlab sogʻlom odam energetikning bir qutisidan qoʻrqmasa boʻlishiga aniqlik kiritdi.

“Agar sizda surunkali kasalliklar boʻlmasa, unda energetiklarda mutlaqo xavfli narsa yoʻq. Agar siz sogʻlom boʻlsangiz, energetik sizga zarar qilmaydi. Savol isteʼmol qilish meʼyorida. Agar siz chelaklab ichmasangiz, unda hech qanday yomon joyi yoʻq. Agar sizda tor surunkali kasalliklar boʻlsa, unda ichimlikni haddan tashqari isteʼmol qilish zararli boʻlishi mumkin. Xuddi shunday gipertoniyada ham, bosimni koʻtarilmasligi uchun ichish rejimini cheklash kerak”, - deydi parhezshunos.

Energetiklar kislotalilik darajasini oshirish orqali oshqozonga zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, energiya oshqozon osti bezi reaktsiyasini keltirib chiqarishi mumkin. Ammo koʻpchilik sogʻlom odamlar uchun bu unchalik qoʻrqinchli emas, deb tushuntiradi Ivan Alimenko.

Vinni Piner - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Talaba energetik ichimlikni haddan ziyod isteʼmol qilishning dahshatli oqibatlarini koʻrsatdi

Alkogolsiz energetik ichimligidagi sogʻliq uchun asosiy xavf shakar hisoblanadi. Mutaxassis aynan u koʻplab kasalliklarning rivojlanishiga sabab boʻlishi mumkinligini aytdi.

"Energetiklarning aksariyati shakar bilan. Buning sabablaridan biri glyukozaning oʻzi energergetikdir. Energetik isteʼmol qilganda, bizning qonimizdagi shakar koʻtariladi va biz quvvatimiz oshganini his qilamiz. Bu eneregetiklarning mexanizmlaridan biridir. Bunda kofeindan tashqari, tetiklik berishi uchun shakar ishlatiladi. Energetikning 100 grammidagi bir yarim choy qoshiq shakar - bu kam ham va kam ham emas, ammo bu oddiy shakar, diabet bilan kasallanganlar uchun xavflidir", - deb tushuntirdi parhezshunos.

Energetiklarni isteʼmol qilishdan birgina foydasi - quvvatning vaqtincha koʻtarilishi. Bu yerda taʼsir qahva beradigan quvvat singari. Farq faqatgina shundaki, qahvaning zarari kamroq boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0