Jamiyat

Kimlarga issiq dush qabul qilish mumkin emas? - shifokor tavsiyasi

CC0 / Unsplash/ bruce mars / Devushka prinimayet vannu
Devushka prinimayet vannu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shifokor-terapevt Viktor Lishin kimlarga issiq dush qabul qilish mumkin emasligi haqida oʻz fikrlarini aytdi.

TOSHKENT, 20 fev – Sputnik. Yauza klinikasi shifokor-terapevti Viktor Lishin qaysi kasalliklarda issiq dush yoki vanna qabul qilish kerak emasligi haqida gapirdi.

Blyuda na shvedskom stole - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Olimlar “baquvvat” nonushta foydasi haqida soʻzlashdi

Dastlabki bosqichda yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan odamlar bunday suv muolajalari vaqtini 20 daqiqaga cheklashlari kerak. Oʻrtacha va ogʻir shakldagi bemorlar esa issiq dushdan butunlay voz kechish kerak.

Issiq dush qabul qilishga imkon bermaydigan yana bir kasallik – bu diabet.

Bundan tashqari, shifokor teri (dermatit, psoriaz, toshmalar va chandiqlar) kasalliklari boʻlgan odamlar issiq suv muolajalaridan voz kechishga chaqirdi. Lishin oshqozon-ichak tizimi kasalliklari, birinchi navbatda, oshqozon yarasi yoki gastrit, qaynoq suv mutlaqo mumkin emasligi haqida ogohlantirdi.

"Vanna qabul qilayotganda, issiq suv qonni ichki organlarga faolroq borishga undaydi va bu kasalliklarning kuchayishiga olib keladi", - deb tushuntirdi mutaxassis.

Varikoz va tromboz boʻlganda, shuningdek, shamollashning oʻtkir bosqichida issiq dushdan voz kechish kerak, - deb qoʻshimcha qildi shikofor.

Lishin soʻzlariga koʻra, suv protseduralari uchun eng yaxshi harorat 28-30 daraja boʻlishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0