Atambayevning SIZOda mazasi qochdi. GKNB izohi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovBivshiy prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev
Bivshiy prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatchining o‘g‘li Qodirbek Atambayevning ta’kidlashicha, otasida istalgan vaqtda infarkt yoki insultga uchrashi mumkin

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi SIZOsida bo‘lib turgan Almazbek Atambayevning sog‘ligi yomonlashmoqda, deb xabar qildi uning o‘g‘li Qodirbek advokat Zamir Jooshevga tayangan holda.

Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Atambayevning advokati Ramzan Qodirovni sudga chaqirishni so‘radi

Qodirbek Atambayev bu haqdagi xabarni Facebookda e’lon qilgan.

"Otamning qon bosimi keskin tushib ketgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bu istalgan vaqtda insult yoki infarktga olib kelishi mumkin. Sutkalik monitoringlar natijalarini hukumat yashirib kelmoqda. Advokatlarning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi marta o‘lchalganda qon bosimi 76ga 60ni ko‘rsatgan", — deb yozgan siyosatchining o‘g‘li.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot-xizmati Sputnik Qirg‘izistonga bergan izohida, Atambayev holati stabil ekanligi, shifokorlar tunu-kun uning palatasida navbatchilik olib borishayotganini, siyosatchi sog‘ligi nazoratda ekanligini aytishgan.

Yangiliklar lentasi
0