UzAuto Motors narxlarning oshgani haqidagi xabar yuzasidan izoh berdi

© Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya ko‘plab xaridorlarni qiziqtirayotgan savolga javob berdi. Ta’kidlanishicha, avtomobillar narxi o‘rnatilgan qo‘shimcha opsiyalar evaziga biroz oshgan.

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. UzAuto Motors ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim avtomobillar narxi oshgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi va narxlar oshmaganini ma’lum qildi.

Lekin 2020-yildan boshlab  “UzAuto Motors” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi komplektatsiyalaridagi “Spark”, “Cobalt”, “Lacetti” avtomobillari jahon standartlariga oid texnik reglamentga amal qilgan holda ba’zi qo‘shimcha opsiyalar bilan jihozlanmoqda.

“Shu bois mazkur opsiyalarning belgilangan narxi avtomobil narxiga qo‘shimcha sifatida qo‘shilgan. Ya’ni avtombil narxi o‘z-o‘zidan emas, qo‘shimcha opsiya o‘rnatilgani uchun biroz oshgan.   Mazkur holat diler va  haridor o‘rtasida tuziladigan shartnomaning 2.4 bandida ham keltirib o‘tilgan”, - deyilgan xabarda.

Ma’lum qilinishicha, shartnoma shartlariga ko‘ra, qo‘shimcha opsiyalar kiritish bilan bog‘liq ravishda avtomobil narxi o‘zgargan taqdirda haridor o‘z xohishiga binoan to‘langan to‘lov summani qaytarish sharti bilan tovarni qabul qilishdan voz kechishi, qiymatdagi farqni to‘lashi yoki tovarni yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan boshqa model va modifikatsiyadagisiga almashtirishni talab qilish huquqiga ega.

Quyidagi jadvalda qo‘shimcha opsiyalar, ularning turi va narxi bo‘yicha batafsil ma’lumot keltirilgan:

© Foto: UzAuto MotorsQo‘shimcha opsiyalar, ularning turi va narxi bo‘yicha ma’lumot
UzAuto Motors narxlarning oshgani haqidagi xabar yuzasidan izoh berdi - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shimcha opsiyalar, ularning turi va narxi bo‘yicha ma’lumot
Yangiliklar lentasi
0