Shavkat Mirziyoyev Anqaraga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev uletel v Tursiyu
Shavkat Mirziyoyev uletel v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Anqarada O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining birinchi majlisida ishtirok etishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 19 fev - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan Anqaraga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Anqarada Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Shuningdek, Turkiya biznesining yetakchi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi va Turkiya Respublikasi prezidenti Xalq kutubxonasining tantanali ochilish marosimida qatnashishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston prezidentining Turkiyaga tashrifi 20-fevral kuni yakuniga yetadi.

Yangiliklar lentasi
0