Rossiya Venesuela uchun pul chop etadi - Bloomberg

© Sputnik / Dmitriy Znamenskiy / Mediabankka o‘tishVenesuelskie bolivari
Venesuelskie bolivari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Venesuela giperinflyatsiyaga uchragan milliy vayutasining yangi, denominatsiya qilingan kupuralarini chop etishni Rossiyaning "Goznak" korxonasiga buyurtma berdi.

TOShKENT, 19 fev - Sputnik. Rossiya Venesuela uchun pul chop etadi, deb xabar qildi Bloomberg Venesuela Markaziy banki va "Goznak" AJ orasida imzolangan shartnomaga asosan, RIA Novosti xabariga asosan. 

Agentlik xabariga ko‘ra tomonlar 2019-yilning noyabr oyida 300 million dona Venesuela bolivar kupuralarini chop etishni ko‘zda tutuvchi shartnoma imzolashgan.

Buyurtma qiymati 10 000 dan 50 000 gacha bo‘lgan Venesuela bolivarlarining denominatsiya qilingan  yangi kupuralarini chop etishni nazarda tutadi. Dastlabki bosqichda banknotalar umumiy qiymati 143 million dollarni tashkil etadi. Tasdiqlanmagan  xabarga ko‘ra, Venesuela valyutasini chop etish uchun "Goznak" 7,4 million dollar to‘lov oladi. 

Eslatib o‘tmiz, so‘nggi yillarda AQSh va qator davlatlar bosimi ostida Venesuela iqtisodiyotida giperinflyatsiyaga uchragan edi. Buning oqibatida mamlakat qog‘oz pullarining qadri keskin tushib ketgan edi. Bugungi kunda mamlakat ichidagi hisob-kitoblar AQSh dollarda amalga oshirilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Rossiyaning "Goznak" AJ buyurtmachilari orasida Belorussiya, Livan, Gvatemala, Malayziya va boshqa davlatlar ham bor. Korxona yiliga 11 000 tonna banknotalar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Puldan tashqari AJ pasport va boshqa himoyalangan blanklar ham chop etadi.

Yangiliklar lentasi
0