Hojatxona uchun chuqur qaziyotgan aka-ukalarni tuproq bosib qoldi

© MChS UzbekistanaV Kashkadarye zasipalo zemley mujchin, kotorie kapali yamu dlya tualeta
V Kashkadarye zasipalo zemley mujchin, kotorie kapali yamu dlya tualeta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida hojatxona uchun chuqur qazish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida aka-ukalarni tuproq bosib qoldi.

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. Hojatxona uchun chuqur qazish jarayonida tuproq ostida qolgan fuqaro qutqarib qolindi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

2020 yil 17-fevral kuni soat 13-50da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan “Karvon” savdo majmuasi hududida 3 nafar aka-ukalarning hojatxona uchun chuqur qazish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida 2 nafarini tuproq bosib qolgan.

Hodisa yuzasidan Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv guruhi qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib borib, 1987 y.t. fuqaro A.I.ni qutqarib olishdi. Afsuski, tuproq ostida qolgan boshqa bir fuqaro 1984 y.t., A.I. hodisa yuz bergan joyda halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0