Uxandagi gospital rahbari koronavirus tufayli vafot etdi - OAV

© REUTERS / Darley ShenZakritiy rinok moreproduktov v Uxane, provinsiya Xubey
Zakritiy rinok moreproduktov v Uxane, provinsiya Xubey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, XXRda va butun dunyoda 1 770 kishi koronavirus qurboniga aylangan, 10 844 kishi virusdan tuzalgan. Kasallanganlar soni — 70 mingdan oshdi.

TOShKENT, 18 fev - Sputnik. Xitoyning Uxandagi vaqtinchalik gospitallarning birining rahbari COVID19 koronavirusini yuqtirish oqibatida vafot etdi, deb xabar berdi "Jenmin Jibao" nashri. RIA Novosti xabari asosida.

Veloshosse - Sputnik O‘zbekiston
Yana bir nufuzli turnir koronavirusning “qurboni”ga aylandi

"Uchan" gospitali direktori Lyu Chjimin 17-fevral kuni COVID19ni yuqtirish oqibatida vafot etdi. U koronavirusdan vafot etgan birinchi tibbiy muassasa rahbari bo‘ldi", - deb yozadi nashr.

Dekabr oyi oxirida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasidagi Uxan shahrida kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya tarqalgani haqida xabar qilgan edi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi yangi turdagi koronavirus ekanligi aniqlandi. Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti kasallik avj olishini xalqaro ahamiyatga molik bo‘lgan favqulodda holat, deb e’lon qildi va koronavirusga COVID-2019, deya rasmiy nom berdi.

O‘zbekiston Hukumati komissiyasi qarori bilan joriy yilning 4-6 fevral kunlari O‘zbekistonga Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahridan 2 ta hamda Uxan provinsiyasidan 1 ta charter reyslar orqali jami 584 nafar fuqarolar olib kelindi. Fuqarolarning barchasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi va 14 kun muddat davomida (kasallikning yashirin davri davomida) tibbiy nazoratga olindi.

Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, XXRda va butun dunyoda 1 770 kishi koronavirus qurboniga aylangan, 10 844 kishi virusdan tuzalgan. Kasallanganlar soni — 70 mingdan oshdi.

Yangiliklar lentasi
0