Toshmuhammedova: bolaga sarpo yig‘ishdan avval unga bilim berish muhimroq emasmi?

Obuna bo‘lish
Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bugun yoshlarga oila ta’limi bo‘yicha hech qayerda bilim ko‘nikmalar berilmayotganini tanqid qildi.

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dilorom Toshmuhammedova bugun yoshlarga oila ta’limi bo‘yicha hech qayerda bilim ko‘nikmalar berilmayotganini tanqid qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kun yoshlari “Ota-onam orzu havasi uchun, ular to‘yimni ko‘rsin” deya oila ma’suliyatini his qilmasdan turmush qurmoqda.  

“Yoshlarga bugun oila ta’limi bo‘yicha hech qayerda bilim ko‘nikmalar berilmaydi, na oilada, na maktabda, na oliygohda. Ilm-ma’rifat va raqamli texnologiyalar orqali baxtli, namunali oila qurish orzu havasi, ya’ni, baxtli yashash uchun ilm-fan o‘rganish, xorijiy oliygohlarda tahsil olish orzularini singdirishimiz kerak”, – Toshmuhammedova AOKAdagi to‘y-marosimlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qaror ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.

Shuningdek, Dilorom Toshmuhammedova yoshlarga Sheroziy, Ibn Sino, Alisher Navoiylarning insonni kamolotga yo‘naltiruvchi asarlarini ko‘proq gapirish kerakligi, ular to‘y deganda kortej yoki gullarni emas, o‘qishim kerak, dunyoni ko‘rishim kerak, bolalarimga ham dunyoni ko‘rsatishim kerak degan maqsadlarni o‘rgatish kerakligini ta’kidlagan. 

Gosti tansuyut na uzbekskoy svadbe - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda to‘ylar bir xil csenariy asosida o‘tkaziladimi – Sayfullayev javobi

“Bugungi kun yoshlarning ideali yo‘q. Kimga intilishi kerak yigit qizlarimiz? Shu obrazlarni yaratishda yordamingiz lozim. Agarda yoshlarimiz ma’rifatli va o‘qimishli inson bo‘lishni maqsad qilsa va bunga intilsa, bizni qiynayotgan muammolar o‘z-o‘zidan yechim topadi” – deya qayd qildi qo‘mita raisi o‘rinbosari.

Qo‘mita raisi Baxtiyor Sayfullayevning ma’lumot berishicha, bugungi kunda oila qurish masalasida yoshlar bilan 2922 ta targ‘ibot tadbirlari va uchrashuvlar o‘tkazilgan.

Nikohdan o‘tayotgan 357 juft kelin kuyovlar uchun oila madaniyati, axloq va ajdodlarning mustahkam oila haqidagi o‘gitlari misolida tushuntirish ishlari o‘tkazilgan.

To‘y va marosimlarnida ortiqcha isrofgarchilikka berilish oila iqtisodiga va yosh oilaning mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida aholiga 7936 marotaba tushuntirish ishlari olib borilib,  bunga 375645 nafar xotin-qizlar jalb etilgan.

Yangiliklar lentasi
0