Kelin orqasini o‘girib, gul otishi bizni madaniyatga to‘g‘ri kelmaydi - Sayfullayev

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev o‘zbek to‘ylariga kirib kelayotgan ommaviy madaniyatga qarshi chiqdi.

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev o‘zbek to‘ylariga kirib kelayotgan ommaviy madaniyatga qarshi chiqdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Svadebniy kortej - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda to‘y va marosimlarni o‘tkazishda ba’zi udumlardan voz kechildi  

“O‘tkazilayotgan tadbirlarda, hammangiz bilasizlar - “Love story” , “uzundan-uzun kortej” - bu ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlaridir. Shu “kelin turvolib, dugonalariga gul otishi”. Bizda, o‘zbek xalqida bu narsalar bo‘lmagan. Bundan illatlar kelib chiqaptiki. Qayerdan olingan? Mayli, yevropaga yoki boshqa xalqqa xos bo‘lsin. Lekin biz o‘zimizning iboimiz, o‘zbek xalqining urf-odatlari bor, o‘zini bir deylik, ideallari bor. Biz “namunali oila”, “namunali kelin kuyov bo‘lsak” degan “orzu havas” so‘zlari bor. Lekin, aytamanki, bu narsalarni “orzu havas” deb aytib bo‘lmaydi”, - dedi Sayfullayev.

Sayfullayevning so‘zlariga ko‘ra, dabdabali to‘ylarni o‘tkazish holatlari uchramoqda.

“Ochig‘ini aytish kerakki, shuncha targ‘ibot ishlarga qaramay, hamon to‘ylarni dabdabali qilib o‘tkazish, qator kortejlar tashkil qilishga urinayotgan yurtdoshlarimiz uchrab turibdi. Buni ayniqsa, internet sahifalar, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rib, o‘zimiz guvoh bo‘lmoqdamiz. Demak, hali qilayotgan ishlarimiz kutilgan samarani bermayapti”, - deb ta’kidladi Senat vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 580 tadan ortiq davra suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazildi.

“Uchrashuvlarda talaba va yoshlarga to‘y va marosimlarni mamlakat va millat taqdiriga daxldor ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi, xalqimizning milliy tarbiyasiga mutlaqo yarashmaydigan, oilalarni moddiy ahvolini og‘irlashtiradigan, ularning turmushini izidan chiqaradigan holatlar ekanligi va bunday salbiy illatlarga barham berish lozimligi tushuntirilmoqda”, - deb ta’kidladi Sayfullayev.

Bugun, 18-fevral kuni AOKAda "To‘y-marosimlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qarorning joylarda ijrosini tashkil etilishi masalalari" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Yangiliklar lentasi
0