Moskvada shirinlik yeyish bo‘yicha tanlovda qiz tiqilib o‘ldi

Restoran Prazdnika Rigi
Restoran Prazdnika Rigi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvadagi tungi klublardan birida shirinlik yeyish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda 23 yoshli ayol vafot etdi. Tergovchilar ushbu holat yuzasidan ish ochdi.

TOShKENT, 17 fev – Sputnik. 15-fevral kuni Moskvadagi “Kill fish” klubida o‘tkazilgan shirinlik (pirojniy) yeyish bo‘yicha tanlov fojia bilan tugadi. RIA Novosti xabariga asosan.

Tanlov sharti - hammadan ko‘p shirinlik yegan kishi g‘olib bo‘ladi.  

23 yoshli qiz tanlovda ishtirok etadi. Qiz bir necha shirinlikni og‘ziga soladi. Qiz shirinliklarni chaynay olmaydi. Tasodifan nafas oladi va hushini yo‘qotadi.

Guvohlar shoshilinch yordamni chaqirishadi. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar qiz vafot etganini qayd etadi.

Holat yuzasidan tergov ishi ochildi.

Yangiliklar lentasi
0