Hodisalar

Chilonzorda liftda 18 yoshli qizga hujum qilgan erkak qidirilmoqda - foto

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka oʻtishRabota lifta v odnom iz moskovskix domov
Rabota lifta v odnom iz moskovskix domov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkentning Chilonzor tumanidagi koʻp qavatli uylardan biridagi liftda 18 yoshli qizga hujum qilgan erkak qidirilmoqda.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Toshkentning Chilonzor tumanidagi koʻp qavatli uylardan biridagi liftda 18 yoshli qizga hujum qilgan erkak qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati maʼlum qilmoqda.

Qayd etilishicha, 15-fevral kuni soat 12:00 lar atrofida Chilonzor tumani IIO FMB 5-sonli ichki ishlar boʻlimi xodimlariga 18 yoshli qizga nomaʼlum erkak tomonidan hujum qilinganligi yuzasidan shikoyat kelib tushgan.

© GUVDV Tashkente iщut mujchinu, napavshego na devushku v lifte - foto
Chilonzorda liftda 18 yoshli qizga hujum qilgan erkak qidirilmoqda - foto - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente iщut mujchinu, napavshego na devushku v lifte - foto

Maʼlum boʻlishicha, oʻziga nomaʼlum erkak tomonidan hujum qilinganda 18 yoshli qiz baqirgan, natijada erkak qoʻrqib voqea joyidan yashiringan.

Ammo kuzatuv kamerasida ushbu shaxsning qiyofasi muhrlanib qolgan boʻlib, hozirda uning surati hozirda Chilonzor tumanidagi barcha ichki ishlar boʻlinmalariga yuborilgan.

Uning yoshi taxminan 25-35 lar atrofida, boʻyi 170-180 santimetr, sochlari esa qora rangda.

Toshkent shahar IIBB tomonidan gumonlanuvchi haqida biror maʼlumotga ega boʻlganda ushbu  71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilinishi soʻralmoqda.

Yangiliklar lentasi
0