TOShKENT, 17 fev – Sputnik. Joriy yil 16-fevral kuni soat 15:05 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Amirsoy” dam olish maskanida fuqaroning to‘satdan sog‘lig‘i yomonlashib, vafot etgan.
Ushbu fuqaro Toshkent shahri, M.Ulug‘bek tumanida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan I.A. bo‘lib, u “Amirsoy”ga dam olish maqsadida chiqqan.
Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra fuqaroning vafot etishiga sabab "yurak xastaligi" ekani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti joriy yil 21-dekabr kuni ochilgan edi. Uning tantanali ochilish marosimida ko‘plab mehmonlar, xorijlik sayyohlar qatnashgan edi.