Hammasi bir narxda: O‘zbekistonda Fix Price do‘konlari paydo bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Rossiyaning barcha tovarlar uchun bir narx belgilangan do‘konlar tarmog‘i 2016-yil o‘rtasida xalqaro bozorga chiqqan.

TOShKENT, 16-fevralya — Sputnik. Fix Price do‘konlar tarmog‘ini boshqaruvchi kompaniya “Best Prays” MChJ O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi.

Bundan Intellektual mulk agentligining “Intellektual Mulk” tizimi ma’lumotlari darak bermoqda.

Kompaniya xodimlarni saralab olishni o‘tgan yilning yozida boshlagan edi. Ta’kidlash joizki, xodimlari izlash ishlari Toshkentda olib borilmoqda, demak, katta ehtimol bilan birinchi do‘kon aynan poytaxtda ochiladi.

Fix Price – universal chakana do‘koni. U o‘z xususiyatiga ega: barcha tovarlar ularning turlaridan qat’iy nazar belgilangan bir narxda sotiladi. Masalan, Rossiyada 55 rubldan.

Yangiliklar lentasi
0