Si Szinpin koronavirusga qarshi kurashish haqida qanday buyruq berganini ma’lum qildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPredsedatel KNR Si Szinpin
Predsedatel KNR Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy raisi Si Szinpin yangi turdagi koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida maqola yozdi.

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin yangi turdagi koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida maqola yozdi.

Si Szinpin 2020-yil 7-yanvar kuni keyinchalik COVID-2019 atalgan yangi kasallikning oldini olish va unga qarshi kurash choralarini ko‘rish zarurligi haqida farmoyish bergan. O‘sha payt faqat Uxan shahrida noma’lum pnevmoniyaning tez sur’atlarda tarqalayotgani haqida ma’lum edi. 9-yanvar kuni mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisi yangi turdagi koronavirus ekanligini aniqlashgan. Birinchi vafot etgan kishi haqida ma’lumot 11-yanvar kuni e’lon qilingan.

Xitoy raisi 20-yanvar kuni yangi kasallikning avj olishiga qarshi kurashishga oid maxsus ko‘rsatmalar bergan. Barcha darajadagi partiya qo‘mitalari va hukumatlar hamda tegishli idoralardan odamlar hayoti va salomatligi xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yishni talab qilgan.

Zamestitel ministra zdravooxraneniya Uzbekistana Baxodir Yusupaliyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Xitoyga koronavirusga qarshi kurashda qanday yordam beradi?

22 yanvar kuni Si Szinpin Xubey provinsiyasiga odamlar kirib-chiqishini qattiq nazorat qilish buyrug‘ini yuborgan, shundan keyin provinsiya chegaralari karantinga yopiladi.

Xitoy rahbari hozirda epidemiyaga qarshi faol kurash olib borilayotganini ta’kidlagan. Ma’sul departamentlar o‘z majburiyatlarni bajarishmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning avj olishiga kech munosabat bildirgan Xubey va Uxanning qator amaldorlari ishdan bo‘shatilgan.

2019 yil 32-dekabr kuni Xitoy hukumati Uxan shahrida pnevmoniya avj olishi haqida ma’lum qildi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi rasman nom berilgan COVID-2019 koronavirusidir. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, COVID-2019ni yuqtirganlar soni 69 195 kishiga yetgan. Undan 1665 kishi vafot etgan, 9419 kishi esa tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0