Jamiyat

Oʻzbekiston Turkiyadan koronavirusni tez aniqlaydigan vosita sotib oldi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Mediabankka oʻtishLaboratoriya immunofermentnыx issledovaniy
Laboratoriya immunofermentnыx issledovaniy - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ushbu tashhis vositasi koronavirusni 2 soat ichida 99,6 % ishonchlilik bilan aniqlaydi, u JST standartlariga muvofiq ishlab chiqarilgan.

TOSHKENT, 15 fev – Sputnik. Oʻzbekiston Turkiyadan koronavirusni 2 soat ichida aniqlaydigan test sotib oldi. Bu haqida Turkiya sogʻliqni saqlash vaziri Faxrettin Kodjaga asoslanib  Reuters agentligi xabar qilmoqda.

Probirki s biomaterialom v laboratornom komplekse - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiya Oʻzbekistonga koronavirusni aniqlash vositasini berdi

Turkiyada ishlab chiqilgan vosita koronavirusni 2 soat ichida 99,6 % ishonchlilik bilan aniqlaydi. Ushbu tashhis vositasi JST standartlariga muvofiq ishlab chiqarilgan.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston ana shunday vositalardan 10 ming donadan buyurtma berishgan. Tibbiy vositalarni yetkazib berish yaqin orada boshlanadi.

Buyurtma qiymati haqida hech narsa deyilmagan.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Rossiya Oʻzbekistonga koronavirusni aniqlaydigan vositalarni begʻaraz ravishda yetkazib bergani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0