TOShKENT, 15 fev – Sputnik. Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.
Professional boksning o‘rta vazn toifasida (76 kg) professional ringga chiqqan Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik Oskar Kortesni nokautga uchratdi.
10 raundga mo‘ljallangan jang birinchi raundda o‘zbekistonlik bokschining g‘alabais bilan yakuniga yetdi. Bu Bektemir Meliqo‘ziyevning professional ringdagi 5 g‘alabasi va 4 nokauti bo‘ldi.
🗣 @GrishamFight: "I don't think he's gonna get up ... why would he." pic.twitter.com/Bwn1L2usnX
— DAZN USA (@DAZN_USA) February 15, 2020
Jang boshlanganidan qo‘ng Meliqo‘ziyev raqibini 2 marotaba nokdaun holatiga tushirdi. Raund yakunida chap qo‘lda qorin qismiga bergan zarbasidan so‘ng hakam nokaut holatini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, aslida ushbu jangni Bektemir Meliqo‘ziyev Marko Antonio Peribanga qarshi o‘tkazishi kerak edi, lekin bir kun qolganida u shifoxonaga tushib qoldi va Bektemirga qarshi boshqa raqib ringga chiqdi.