Moskva metrosida farzandini tashlab ketgan ayol qo‘lga olindi – video

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishZasedanie Soveta Federatsii RF
Zasedanie Soveta Federatsii RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki kun avval, 12-fevral kuni Moskva “Park Pobedi” metro stansiyasining yer osti o‘tish joyida noma’lum shaxs tomonidan chaqaloq tashlab ketildi.

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Moskva huquq tartibot organ xodimlari 12-fevral kuni metro stansiyasida bolani tashlab ketgan ayolni topdi, deb xabar qildi RIA Novosti Tergov qo‘mitasiga asosan.

Xabarda aytilishicha, 12-fevral kuni Moskva “Park Pobedi” metro stansiyasining yer osti o‘tish joyida noma’lum ayol tomonidan chaqaloq tashlab ketildi. Kuni kecha Moskva politsiyasi xodimlari ayolni topishdi.

Xavf ostida qoldirish moddasi bo‘yicha ish ochilgan. Shifokorlar chaqaloqni dastlabki ko‘rikdan o‘tkazishdi va hech qanday kasallik alomatlarini aniqlashmadi.

Tergovchilar tarjimon ishtirokida ayolni so‘roq qilishdi. 

“So‘rov vaqtida ayol aybini to‘liq tan oldi va moliyaviy qiyinchilik tufayli shunday qilishga qaror qilganini aytdi. Bugun tergovchi sud oldida unga nisbatan "hibsga olish" haqidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yuzasidan so‘rovnoma kiritadi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0