TOShKENT, 14 fev – Sputnik. “2021 - 2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasi ko‘p kvartirali uy-joylardagi lift uskunalarini ta’mirlash va yangilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi tayyorlandi.
Respublikada umumiy 2 483 ta yuqori qavatli uylarda 5922 ta lift uskunalari mavjud bo‘lib, shulardan 5000 dan ziyod (85%) liftlar Toshkent shahrida o‘rnatilgan.
2019 yilda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga ko‘p kvartirali uylardagi lift uskunalarining nosozligi yuzasidan 716 dan ortiq fuqarolar murojaatlari kelib tushgan. Xususan, Toshkent shahridagi 3270 ta (65%) lift uskunalari belgilangan 25 yil ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan va ularni yangilash, qolgan hududlarda 412 ta lift uskunalarini kapital ta’mirlash yoki yangilash talab etiladi.
Hujjatga 2021-2027 yillar davomida respublik hududidagi ko‘p kvartirali uy-joy fondidagi lift uskunalarini ta’mirlash va almashtirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ilova qilingan.
Unga ko‘ra, 9-yil davomida respublika bo‘ylab 3561 dona liftlar ta’mirlanadigan va yangiladigan.
Shuningdek, hujjat bilan ko‘p kvartirali uy-joy fondidagi lift uskunalarini ta’mirlash va yangilash hamda undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash dasturi amalga oshirilishini uvofiqlashtirishhamda monitoring qilish bo‘yicha Respublika Komissiyasi tarkibi tasdiqlash ko‘zda tutilgan.