Nima sababdan Rossiya Qirg‘izistonda havo mudofaa vositalarini joylashtirmoqda - ekspert

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishZenitno raketno-pushechniy kompleks "Pansir-S1"
Zenitno raketno-pushechniy kompleks Pansir-S1 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya nimababdan "Kant"dagi KXShT aviabazasini dronlar va havodan mudofaa tizimlari bilan mustahkamlayotganini harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko tushuntirib berdi.

Yaqin kelajakda Rossiyaning birlashgan «Kant” harbiy bazasi tarkibiga uchuvchisiz uchish apparatlari (BPLA) kiritiladi. Keyingi qadam havo hujumidan mudofaa tizimlarini joylashtirish bo‘ladi. Bu haqda Mudofaa vazirining o‘rinbosari Nikolay Pankov Davlat Dumasida Qirg‘izistonda joylashgan Rossiya qo‘shma harbiy bazasining holati va shartlari to‘g‘risidagi protokolga izoh berarkan.

Zenitno raketno-pushechniy kompleks Pansir-S1 - Sputnik O‘zbekiston
Serbiya Rossiyadan “Pansir-C1” sotib oldi

Izlanish va zarba berish dronlardan jangovar foydalanish uchun texnologiyalar, strategiyalar va taktikalarning jadal rivojlanishi butun dunyo bo‘ylab tendensiya bo‘lib, havo mudofaasini kuchaytirish zarurligini taqozo etadi (hatto potensial dushman juda katta masofada bo‘lsa ham). «Kant” aviabazasi maydonining 60 gektarga ko‘payishi, shuningdek, jangovar qobiliyatlarning kengayishi va xavfsizlik tizimini rivojlanishi bilan bog‘liq. Avvalroq, "Forpost", "Orlan" va "Taxion" rusumli dronlar Rossiya Federatsiyasi va Qirg‘iziston Respublikasi qo‘shma guruhining antiterror mashqlarida ishlatilgan edi.

Strategik ahamiyatga ega

Muammoli Afg‘oniston chegarasidan 600 kilometr masofada joylashgan «Kant” aviabazasi Moskva va Bishkek o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi uzoq muddatli hamkorlikning asosi hisoblanadi (ijara muddati - 2058-yilgacha), Rossiya, Qirg‘iziston va Markaziy Osiyo mintaqasining boshqa davlatlarining iqtisodiy va harbiy xavfsizligini ta’minlaydi. Ahamiyati bo‘yicha taqqoslasa bo‘ladigan xavo hujumiga qarshi mudofaa obyekt tizimlari mavjud bo‘lgan  Rossiyaning bazalari faqatgina Armaniston va Tojikistonda oldinroq keltirilgani uchun mavjud.

Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya mudofaa vaziri Anqarani S-400 xarid qilishga nima majburlaganini tushuntirdi

Yaqin Sharqdagi jangovar tajriba, terroristik guruhlar qo‘lbola ravishda ishlab chiqarilgan kamikadze dronlaridan qanchalik faol foydalanayotganini ko‘rsatadi. Qurol ostidagi granata bilan jihozlangan, kichik tezlikda ishlaydigan dronlar havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari uchun eng qiyin nishondir. Biroq, Rossiya statistikasi Suriyadagi Xmeymim aviabazasiga "Pansir-S1" zenit-raketa va raketa-pushkali tizimlari (ZRPK) yordamida dronlarni zarbasini muvaffaqiyatli qaytarilishi dalolatdir: muammoni hal qilsa bo‘ladi,  100 dan ortiq xavfli internet-magazinlardan olingan va  o‘zgartirilgan "qo‘lbola buyumlar" yzq qilindi.

Bugungi kunda "Islomiy davlat"* jangarilari Suriyadan Afg‘onistonning shimoliy viloyatlariga ommaviy ravishda o‘tishmoqda. Ertaga nima bo‘lishini bashorat qilish qiyin bo‘ladi, ammo Markaziy Osiyo mamlakatlarida terroristik guruhlarning gipotetik hujumiga, shu jumladan harbiy bazalarga, jumladan «Kant”da uchuvchisiz kamikadze dronlar bilan hujumlarga tayyor turish kerak.

Dushman dronlari ommaviy qirg‘in qurollarini (kimoviy, biologik) olib yurishga qodir. Rossiya Mudofaa vazirligi xavfli voqealar rivojlanishini oldini olishga harakat qilmoqda. Rossiyaning Qirg‘izistondagi aviabazasining olis chegaralari S-300 zenit-raketa tizimlari bilan qamrab olinishi, yaqin atrofdagi xavfsizlik zonasi qayta-qayta sinovdan o‘tkazilgan "Pansir-S1" havo mudofaa tizimlari bilan ta’minlanishi ehtimoldan holi emas.

Yaqinda Rossiya havo mudofaasi tizimlari yaqin zonada (5 kilometrgacha) kichik dronlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan raketani oladi. Taqqoslash uchun: yaqinda AQSh harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi F-16 qiruvchisi tomonidan 300 metr masofadan miniatur dronni yo‘q qilishda katta yutuq sifatida namoyish etdi.

Prezident RF Vladimir Putin na zasedanii Soveta kollektivnoy bezopasnosti ODKB v uzkom sostave - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya KXShT do‘stlar davrasini kengaytirishga harakat qilmoqda – Putin

Kollektiv xavfsizlik

Boshqa tomondan, Suriyadagi rus dronlari o‘zlarini razvedka, yong‘inni to‘g‘rilash va dushman pozitsiyalariga aniq zarba berish vositasi sifatida ko‘rsatdi. Operatordan 100 kilometrgacha masofada "Orlan-10" rusumidagi dronlar tez-tez gala tarkibida ishlatilgan: bitta transport vositasi taxminan 1000 metr balandlikda vizual tekshiruv ishlarini olib borgan, ikkinchisi dushman aloqa vositalarini bostirgan, uchinchisi ma’lumotni 5000 metr balandlikdan bazaga yetkazgan, hujum droni hujum paytida havo bombalari yoki boshqariladigan raketalar yordamida obyektlarni yo‘q qildi. Videokameralar nishonni yo‘q qilishni qayd etdi. "Orlan"ning eng zamonaviy modifikatsiyasi nafaqat vizual tekshirishga imkon beradi (bortda - yuqori aniqlikdagi 12 ta kameralar), shuningdek, uyali telefonlar va radio qurilmalar nurlanishidan nishonlarni aniq koordinatlarini aniqlashga imkon beradi (radiotexnik razvedka).

Dronlar jang maydonida va dushman chizig‘i ortida tobora muhim rol o‘ynayapti. Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi yangi razvedka-zarba dronlarini ishlab chiqmoqda (20 tonnalik "Oxotnik" sinovdan o‘tkazilmoqda) va tegishli protokolning ratifikatsiya qilinishi Rossiya dronlarining Qirg‘iziston havo hududida ishlatilishiga oid qonunchilikdagi ziddiyatlarni bartaraf etadi. Va bu havo bo‘shlig‘i xavfsizroq bo‘ladi.

Avvalroq Tojikistondagi Rossiya harbiy bazada tashkil etilgan uchuvchisiz aviatsiya bataloni kichik va qisqa masofali (30 kmgacha) mudofaa rotalarini o‘z ichiga oladi, ular "Leyer-3" (radio-elektron kurash), "Granat", "Eleron", "Taxion" va "Forpost-M" uzoq masofaga (250 kilometrgacha) mo‘ljallangan vositalari otradlari bilan qurollangan. Qirg‘izistondagi «Kant” birlashgan aviabazasidagi BPLA guruhi xuddi shunday tuzilishga ega bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda bu yerda Su-25SM hujum samolyotlari va Mi-8MTV vertolotlari joylashgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, kollektiv (mintaqaviy) xavfsizlik individual uchuvchisiz guruhlarini va obyekt havoga hujumiga qarshi mudofaasini rivojlantirish bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda MDHning birlashgan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimining kuchlari va vositalari tarkibida 20 ga yaqin aviatsiya qismlari, 50 ta zenit-raketa va radiotexnika qo‘shinlari va 10 ta havo mudofaasi brigadasi mavjud. Ushbu global tizimni shakllantirish va takomillashtirish davom etmoqda, 2025-yilgacha harbiy hamkorlikning konseptual asoslari kelishilgan.

* Qirg‘iziston, Rossiya va boshqa bir qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Yangiliklar lentasi
0