Moskva sudi Twitterga 4 million jarima soldi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishIkonka prilojeniya Twitter
Ikonka prilojeniya Twitter - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva sudi Twitterni 4 million rublga jarimaga tortdi. Sabab - Rossiya fuqarolari ma’lumotlarini xorijda saqlash.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Moskva shahar sudi Twitter kompaniyasini o‘z serverlarini Rossiya hududiga ko‘chirishdan bosh tortgani uchun jarimaga tortdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Ma’muriy javobgarlik jarimasi miqdori 4 million rublni tashkil qildi. Sud majlisiga sudlanuvchi (Twitter) va da’vogar (Roskomnadzor) tomonlar vakillari kelishmadi. Sudya yozma materiallar asosida qaror chiqardi, - deyilgan xabarda. 

Xuddi shunday jarima Facebook kompaniyasini ham kutmoqda. Xorijiy kompaniyalar ushbu jarimani 60 kun ichida to‘lashi kerak. 

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning 1-sentabrida qabul qilingan qonunga asosan Rossiya fuqarolariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar Rossiya hududida saqlanishi kerak. Ushbu qonunni buzgan shaxslar jarima solish bilan jazolanadi. Qoidabuzarlikni ilk bor sodir etgan korxonalar 1-6 million rubl miqdorida, qayta sodir etganda esa 6-18 million rubl miqdorida jarimaga tortiladi. Kompaniya sahifalari blokirovka qilinishi ham mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0