TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Sberbank O‘zbekistonning barcha mobil aloqa operatorlari o‘zining to‘lovlar tizimiga uladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qildi.
Endilikda Sberbank mijozlari Ucell, Beeline Uzbekistan, UzMobile, UMS va Perfectum Mobile kompaniyalari aloqa xizmatlarini dunyoning istalgan nuqtasida to‘lashlari mumkin. telefon hisobini ham “Sberbank Onlayn” ilovasi, ham o‘ziga o‘zi xizmati ko‘rsatish qurilmalari orqali to‘ldirish mumkin.
Avvalroq Rossiyaning Sberbanki bankomatlarining 80 foizdan ortig‘ida mijozlarga o‘zbek va tojik tillarida xizmat ko‘rsatishni boshlagan edi. Bankomatlar orqali o‘zbek va tojik tillarida naqd pul olish, hisobdagi pul-mablag‘larini tekshirish hamda mobil aloqa vositalariga to‘lovlarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.