TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Chelyabinsk viloyatidagi yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi.
TIV matbuot xizmatining mamlakatning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi ma’lumotga tayanib xabar qilishicha, 7-fevral kuni Chelyabinsk viloyati hududida yo‘lda YTH sodir bo‘lgan. Unda 3 kishi, jumladan O‘zbekiston fuqarosi M.R. vafot etgan. O‘zbekiston fuqarolari M.N. va A.R. jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan. Jarohatlanganlar va ularning yaqinlari bilan aloqa o‘rnatgan.
Shuningdek, marhumaning jasadini turmush o‘rtog‘i hamrohligida vatanga jo‘natish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.