Ahmadboyga nisbatan to‘rtinchi hukm o‘qildi

© Telekanal "Uzbekistan 24"Sud snova peresmotrel prigovor "uzbekskomu Mavrodi" Axmadbayu
Sud snova peresmotrel prigovor uzbekskomu Mavrodi Axmadbayu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan to‘rtinchi ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudi sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan to‘rtinchi ochiq sud jarayonini yakunladi va hukm e’lon qildi.

“Daryo” nashri xabariga ko‘ra, Ahmadjon Tursunboyev O‘zbekiston JKning 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “a, v” bandlari (eski tahrirdagi) bilan aybli deb topildi va unga ushbu modda bilan 9-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ya pomogal bednim: Axmadbay prerval dolgoe molchanie - Sputnik O‘zbekiston
Fuqarolar pulni o‘z xohishi bilan olib kelgan. Ularni hech kim majburlamagan – Ahmadboy

Sudlanuvchiga O‘zbekiston JKning 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalari tartibida tayinlangan jazoga qisman jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2019-yil 28-oktabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazosini qo‘shib, uzil-kesil o‘tash uchun  14 yil 4 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, 1-yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilindi.

Tursunboyevga tayinlangan qamoq jazosining o‘talmagan muddati, Senatning 2016-yil 12-oktabrdagi amnistiya to‘g‘risidagi qarorining 6-bandi “b” kichik bandiga asosan to‘rtdan bir qismiga qisqartirildi.

Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlandi. Jazoni o‘tash muddati 2016-yil 16-iyundan boshlab hisoblanadi.

Ahmadjon Tursunboyevga qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.

Yangiliklar lentasi
0