TOShKENT, 11 fev - Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yil kuziga qadar chet eldagi mehnat muhojirlari va ularning oilalari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Ushbu chora jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2020-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish” - deyiladi hujjatda.
Qonun loyihasi 1-sentabrgacha ishlab chiqilishi kerak. Hozirda respublikada vaqtincha mehnat migratsiyasidagi fuqarolarning huquqlarini tartibga soluvchi qonun mavjud emas.
Qonunda mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarining huquqiy maqomi va kafolatlari, shuningdek, ushbu toifadagi O‘zbekiston fuqarolarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda 2,5 million kishi (iqtisodiy faol aholining 20 foizi), qariyb 34 million aholisi bo‘lgan mamlakatdan tashqarida ishlaydi, ulardan ikki millionga yaqini Rossiyada.