O‘zbekiston va JSST hamkorlik kelishuvini imzoladi

© Otdel po svazam s obshestvennostyu Ministerstva zdravooxraneniyaMejdu VOZ i Ministerstvom zdravooxraneniya Uzbekistana podpisano soglashenie
Mejdu VOZ i Ministerstvom zdravooxraneniya Uzbekistana podpisano soglashenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelishuv JSSTning Yevropa mintaqaviy burosi direktori Xans Klyugening O‘zbekistonga tashrifi davomida imzolangan.

TOShKENT, 11 fev - Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy burosi o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan ikki yillik hamkorlik kelishuvi imzolandi. Ushbu hujjat o‘zaro maslahatlashuvlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, mustahkam hamkorlik uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Mamlakat SSV vazirligi xabariga ko‘ra, kelishuv  JSSTning Yevropa mintaqaviy burosi direktori  Xans Klyugening O‘zbekistonga tashrifi davomida imzolangan. Bu yangi saylangan direktorning xorijiy mamlakatga ilk tashrifidir.

Zdanie ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
SSV O‘zbekistonda koronavirus tarqalganligi haqidagi xabarlarni rad etdi

Vazirlikda bo‘lib o‘tgan brifingda Xans Klyuge O‘zbekiston yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga qarshi kurashda Markaziy Osiyoning yetakchi davlatlaridan biri ekani, ushbu yo‘nalishda davlat siyosati darajasida muhim qadamlarni tashlanayotganiga alohida e’tibor qaratdi.

Tadbirda, shuningdek, JSST va O‘zbekiston sog‘liqni saqlashning ko‘plab muhim masalalarida yaqindan hamkorlik qilib kelinayotgani ta’kidlandi.

Ta’kidlanishicha, Sirdaryo viloyatida tashkilot ekspertlari ko‘magida tibbiy xizmatlarning yangi modellari bo‘yicha qo‘shma pilot loyihasi boshlanganligi ma’lum qilingan. Loyiha allaqachon yaxshi natijalar ko‘rsatayotgani va bosqichma-bosqich butun mamlakat bo‘ylab joriy etish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, JSST va O‘zbekiston hamkorlikda umumiy sog‘liqni saqlash qamroviga erishish, ya’ni har bir fuqaroning zarur tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlashga bo‘lgan intilishlari birlashtirilgani yuqori baholandi.

Yangiliklar lentasi
0