Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish muddati 15-martga qadar uzaytirildi

© UITUzbekskiy student
Uzbekskiy student  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘shni davlatlardan o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirish to‘lov-kontrakt asosida, imtihonsiz amalga oshiriladi. 

TOShKENT, 11 fev- Sputnik. Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istondagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar o‘qishlarini 15-martga qadar ko‘chirishlari mumkin. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qilmoqda.  

O‘qishni ko‘chirish uchun ariza (joyida to‘ldiriladi), reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma (transkript) nusxasi va pasport nusxasi kerak bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, Davlat komissiyasining 2020-yil 4-fevraldagi 12-son bayoni bilan qo‘shni davlatlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga o‘qishlarini 15 fevralga qadar ko‘chirishlari mumkin deyilgan edi. 

O‘qishni ko‘chirish uchun talabalar hududiy ishchi guruhlarga zarur hujjatlar to‘g‘ri va to‘liq holatda taqdim etishlari kerak bo‘ladi. O‘qishini ko‘chirish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. O‘qishni ko‘chirishda hech qanday imtihon bo‘lmaydi. 

Yangiliklar lentasi
0