TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Ilhom teatri bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.
“Ilhom” teatri bilan bog‘liq vaziyatga izoh bermoqchiman. Men o‘zim teatr san’ati muxlisiman. Ushbu masala atrofida aytilayotgan tashvishli gap-so‘zlarni eshitib, sizni ishontirib aytamanki, biz teatrimizni hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz! «Ilhom” - madaniy hayotimizning faxri!”, - deb o‘zdi o‘z telegramida Mirziyoyeva.
biroz oldin “Ilhom” teatri joylashgan binoning mulkdori o‘zgarishi munosabati bilan, teatr rahbariyati binoni bo‘shatib qo‘yish haqida xat olgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, "Ilhom" teatri joylashgan bino 1976-yilda uning asoschisi Mark Vaylga berilgan. 1994-yilda bo‘lib o‘tgan xususiylashtirishdan so‘ng teatr ushbu binodan beg‘araz asosda foydalanib kelgan. Ushbu binoda joylashgan "Shodlik" mehmonxonasi bilan teatrning ijara shartnomasi muddati 2023-yilgacha bo‘lgan.