Parkentda ayol unga gap otgan yigitni pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

© REUTERS / Samrang PringNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parkent tumanida tunda ishdan qaytayotgan ayol va 22 yoshli yigit o‘rtasida og‘zaki tortishuv bo‘lgan. Janjal vaqtida ayol yonidagi pichoqni yigitning ko‘kragiga sanchgan.

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Toshkent viloyatining Parkent tumanida ayol bir yigitni pichoqlab qo‘ydi.

Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 04-fevral kuni taxminan soat 22:00 larda 28 yoshli M.Sh. ishdan qaytayotgan bo‘lgan. Ko‘cha boshida unga notanish bo‘lgan 22 yoshli A.T. bilan o‘rtalarida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.

Noj v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Popda xo‘randa 74 ming so‘m evaziga yemakxona xo‘jayinlarini pichoqlab o‘ldirdi

Ayol janjal vaqtida  yonidagi ochilib yopiladigan pichoq bilan A.T.ning chap tomon ko‘krak sohasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan va hodisa joyidan yashiringan.

A.T. esa shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan M.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0