Respublika transport sektoriga asta-sekin yashil texnologiyalarni joriy etmoqda, tegishli infratuzilmani rivojlantirmoqda. Bu ijobiy va global tendensiya, ammo elektr avtomobillaridan ommaviy foydalanish haqida gapirish hali erta, deb hisoblaydi rossiyalik ekspert.
"Tabiiy zaxiralar, birinchi navbatda uglevodorod yoqilg‘isi mavjud bo‘lgan mamlakatlarda elektr mashinalarini ishlatish shunchaki foydasizdir. An’anaviy ichki yonish dvigatellari bir necha o‘n yillar davomida ham keng qo‘llaniladi. Elektr transport vositalariga kelsak, ular talabgir bo‘lishi mumkin, masalan, turizm segmentida shakllanib bo‘lgan sayohat yo‘nalishlarida", - tushuntirdi Zuzin.
Shu bilan birga, u yuqori texnologiyali va ekologik toza transport turlarini rivojlantirish shubhasiz foydali yo‘nalish ekanligini va barcha rivojlanayotgan davlatlar ushbu global trendni qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qildi.
Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida to‘liq sharhni tinglashingiz mumkin.