Kordaydagi vaziyat meni juda bezovta qilmoqda – Nazarboyev

© Foto : Ofitsialniy sayt pervogo prezidenta KazaxstanaNa zasedanii Soveta Bezopasnosti pod predsedatelstvom Yelbasi rassmotreli situatsiyu v Kordae
Na zasedanii Soveta Bezopasnosti pod predsedatelstvom Yelbasi rassmotreli situatsiyu v Kordae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda voqea sabablarini o‘rganish va aybdorlarni qonunchilik talablar asosida javobgarlikka tortish to‘g‘risida topshiriq berdi.

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Qozog‘iston birinchi prezidenti, Elboshi Nursulton Nazarboyev mamlakat Xavfsizlik Kengashi  yig‘ilishini o‘tkazib, Jambil viloyati Korday tumanida yuz bergan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan fikr bildirdi. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.

Masanchi vozvrashayetsya k jizni posle pogromov - kak viglyadit selo seychas - Sputnik O‘zbekiston
Yonib kul bo‘lgan uylar va vayronalar: ommaviy janjaldan so‘ng qozoq qishlog‘ining ahvoli

Birinchi prezident halok bo‘lgan oila a’zolariga hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tiladi.

“Yuzaga kelgan vaziyat meni juda bezovta qilmoqda. Xalqimiz bilan shu 30-yilda biz katta qiyinchiliklarni boshdan kechirdik. Yoshlar bu muammolarni tasavvur ham qila olmaydi. Qozog‘istonda 130 korxonalar ish faoliyatini to‘xtatdi, 2,5 million kishi ishsiz va maoshsiz qoldi, uylarda issiqlik yo‘q edi, oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi bo‘lgan. Biz bularni birga boshimizdan o‘tkazdik”, - dedi Nazarboyev.

Nazarboyev voqea sabablarini o‘rganish va aybdorlarni qonunchilik talablar asosida javobgarlikka tortish to‘g‘risida topshiriq berdi.

Uning fikricha, oksoqollarning missiyasi - qozog‘istonliklarga mustaqil, rivojlangan va barqaror davlatni faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali saqlash mumkinligini tushuntirishlari zarur.

Qozog‘iston xalq assambleyasi va uning joylardagi vakolatxonalari bunday vaziyatlarni oldindan bilib, nazoratga olishi zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida Jambil viloyati hokimi Berdibek Saparbayev va ichki ishlar vaziri Yerlan Turshumbayevning axboroti tinglandi.

Eslatib o‘tamiz, 7-fevral kuni Jambil viloyati Korday tumani Masancha qishlog‘ida ommaviy mushtlashuv yuz bergan. Tartibsizlikda qariyib 400 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

Tartibsizliklar oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi jarohat oldi. Politsiya 50 kishini qo‘lga oldi. O‘t qo‘yish oqibatida 30 ta uy, 15 ta do‘kon va 23 dona avtomashiga zarar yetkazildi. 

Yangiliklar lentasi
0