O‘zbekistonda oltin yombilarini sotish apparatlari o‘rnatilishi mumkin

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishOtkritie linii po proizvodstvu bankovskix slitkov na Yekaterinburgskom zavode
Otkritie linii po proizvodstvu bankovskix slitkov na Yekaterinburgskom zavode - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtomatlarda 1,3 va 5 gramm miqdorida bo‘lgan oltin va kumush yombilarni sotib olish mumkin. 2020-yil 1-iyulgacha respublikada kamida 10 ta savdo apparatlari paydo bo‘ladi.

TOShKENT, 10 fev – Sputnik. Shu yozda O‘zbekistonda oltin va kumush yombilarini savdo vending avtomatlari paydo bo‘lishi mumkin.

Odatda bunday avtomatlar diqqatga sazovor joylar yonida o‘rnatiladi.

​

O‘zbekiston hukumati turistik obyektlar yaqinida bunday savdo apparatlarini o‘rnatish ko‘zda tutmoqda.

Avtomatlarda sayyohlar 1,3 va 5 gramm miqdorida bo‘lgan oltin va kumush yombilarni sotib olishi mumkinligi ko‘zda tutilmoqda.

Bu Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan O‘zbekistonda turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish chora-tadbirlariga doir hukumat qarori loyihasida qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, kamida 10 ta avtomat o‘rnatish rejalashtirilgan:

2020 yil 1-iyulgacha – Toshkent, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlarida;

2021 yil 1-yanvargacha  - respublikaning boshqa hududlarida.

Yangiliklar lentasi
0