Polshada o‘zbekistonliklarni noqonuniy ishga jalb qilgan jinoiy guruh ushlandi

Obuna bo‘lish
Polshada O‘zbekiston fuqarolarini noqonuniy ishga jalb qilish bilan shug‘ullangan guruh ushlangan. Jinoiy guruh pul evaziga qalbaki firmalar orqali Polsha va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari hududida bo‘lish va ishlashga ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlagan.

TOShKENT, 10 fev – Sputnik. Polshada O‘zbekiston fuqarolarini noqonuniy ishga jalb qilish bilan shug‘ullangan guruh ushlangan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi ma’lum qildi.

Prezident Rossii Vladimir Putin vo vremya svoyey yejegodnoy press-konferensii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Putinning diplomat haqidagi gapidan so‘ng Polsha TIV Rossiya elchisini chaqirtirdi

Qayd etilishicha, Polshada to‘rt nafar ukrainalik, ozarbayjonlik va polshalik fuqarolar xorijiy mehnat migrantlari uchun noqonuniy hujjatlar tayyorlashgan.

Jinoiy guruh pul evaziga qalbaki firmalar orqali Polsha va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari hududida bo‘lish va ishlashga ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlagan.

Natijada Ozarbayjon, Rossiya, Gruziya, Ukraina, O‘zbekiston, Turkiya, Pokiston, Eron, Iroq va Qozog‘istonda bo‘lgan 500 dan ortiq fuqarolar ushbu jinoiy guruh tuzog‘iga tushishga ulgurgan.

Jinoiy guruhni qo‘lga olish jarayonida ular yashagan kvartira va faoliyat yuritgan ofislarda ko‘plab hujjatlar, elektron vositalar, shuningdek, 120 ming dollar qiymatidagi avtomobillar, elektron jihozlar musodara qilingan.

Yangiliklar lentasi
0