Ravshan Ermatov prezidentning maxsus qarori bilan vazirning o‘rinbosari etib tayinlandi

© AFUArbitr Ravshan Irmatov izbran vitse-prezidentom AFU
Arbitr Ravshan Irmatov izbran vitse-prezidentom AFU - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining maxsus qarori bilan Ravshan Ermatov jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maxsus qarori bilan Ravshan Ermatov jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligidagi navbatdan tashqari yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Ravshan Ermatov - Sputnik O‘zbekiston
Ravshan Ermatovning 17 mavsumi

Yig‘ilishga raislik qilgan O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov so‘nggi yillarda mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qaratilgan keng islohotlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi.

Shu bilan birga mazkur soha taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, ayniqsa aholining salomatligini mustahkamlashda ommaviy sport targ‘ibotini yana-da kuchaytirish zarurligiga urg‘u qaratildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida vazirlik rahbariyatida tashkiliy o‘zgarishlar yuz berganligi ma’lum qilindi.

Prezidentning maxsus qarori bilan Ermatov Ravshan Sayfiddinovich jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, Shukurov Elbek Habibullayevich esa jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Qayd etish joizki, Ravshan Ermatov bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.

Ravshan Ermatov mamlakat futboli rivoji yo‘lidagi ulkan xizmatlari hukumat tomonidan munosib e’tirof etilgan. U 2010-yilda “O‘ʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni, 2014-yilda “El-yurt hurmati” ordeni, 2015-yilda esa “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0