TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Otabek Umarov O‘rta Osiyo MMA konfederatsiyasi rahbariga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Nur-Sultonda Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi kengashi bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi IMMAF (Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi) tarkibiga kiritilgan.
Shuningdek, O‘rta Osiyo MMA konfederatsiyasi tuzilib, uning rahbari etib O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov etib tayinlangan.
Vitse-prezidentlari lavozimiga esa Iskander Karim va Valixan Ten tayinlangan.
Qozog‘istonda birinchi marta Aralash yakkakurash bo‘yicha Osiyo chempionati 2020-yilning iyun oyida o‘tkazilishi belgilandi.