Tailandda harbiy xizmatchi 12 insonni o‘ldirdi, yana 16 nafarini garov oldi

© AFP 2023 / Manan Vatsyayana Slujashie v ojidanii pribitiya korolya Tailanda Maxa Vachiralongkorn na yego koronatsiyu v Bangkoke
Slujashie v ojidanii pribitiya korolya Tailanda Maxa Vachiralongkorn na yego koronatsiyu v Bangkoke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda u yirik savdo markazining to‘rtinchi qavatida 16 nafar fuqaroni garovda ushlab turibdi.

TOShKENT, 8 fev - Sputnik. Harbiy xizmatchi Tailand shimoli-sharqida odamlarga qarata o‘t ochdi, qurbonlar bor, deb xabar qildi Sputnik radiosi. 

"Tailand piyoda qo‘shinlaridagi oddiy askar mamlakat shimoli-sharqidagi Nakxon Ratchasima shahridagi ko‘chalarda odamlarga qarata o‘t ochgan", - deb xabar qilmoqda "Txai Rat" nashri mahalliy politsiyaga tayangan holda.

Kamida 12 kishi qurbon bo‘lgan, odamlarning aksariyati jarohatlangan.

Nashr xabariga ko‘ra, askar o‘z harbiy qismidan HamVee harbiy yo‘ltanlamasini olib qochgan va shahar bo‘ylab aylanib, vaqti-vaqti bilan miltiqdan odamlarga qarata o‘q uzgan. Savdo markazlarining birining qarshisida to‘xtab, xaridorlarga qarata o‘t ochgan, so‘ngra ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.

Shuningdek, ma’lum bo‘lishicha, harbiy o‘zining Facebookdagi sahifasida onlayn-translyatsiya olib borgan, uning akkaunti hozirda yopilgan. Askar o‘zini nega bunday tutgani sababi noma’lum. Khaosod nashri askar to akkaunti yo‘q qilinguniga qadar ijtimoiy tarmoqlarga bir nechta surat va videolarni joylashga ulgurgani haqida xabar qilgan.

Askar shaxsini identifikatsiya qilishgan - u katta serjant Chakrapxan Txomma ekanligi aytilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Txomma yirik savdo markazining to‘rtinchi qavatida 16 nafar fuqaroni garovda ushlab turibdi.

 

Yangiliklar lentasi
0