Biz tashrif buyurgan Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xuzuridagi Kinologiya xizmati xizmat itlar pitomnigi 2001 yilning aprel oyida tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda viloyat IIBB Kinologiya xizmati obyekti hisoblanadi.
Bo‘linmaning asosiy vazifalari: og‘ir va o‘ta og‘ir hamda shaxsga qarshi jinoyatlarni fosh etishda maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan xizmat itlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish; jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, giyohvandlik vositalari, portlovchi moddalar, qurol va o‘q-dorilarni aniqlashda ishtirok etish; ko‘chalar, maydonlar, istirohat bog‘lari, vokzallar, aeroportlar va boshqa jamoat joylarida, shuningdek, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda qatnashishdan iborat.
Ushbu obyektda yuqorida qayd etilgan vazifalardan tashqari, kinologiya xizmati xodimlarining doimiy ravishda jangovar shayligini ta’minlash maqsadida kinolog xodimlarning bilim saviyasi, kasb mahoratini oshirish, xizmat itlarini maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha ("Iz-qidiruv" va "Giyoxvandlik moddalarni qidirib topish") tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.
2019 yil davomida Toshkent viloyati IIBB Patrul-prst xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya bo‘linmalari xodimlari tomonidan amalga oishirilgan ishlar natijasida 299 ta turli xil jinoyatlar jinoyatlar fosh etilishida ishtirok etishdi.
Xizmat itlarining zotini va sifatini yaxshilash, aholidan xizmatga layoqatli bo‘lgan itlarni sotib olishni yaxshi yo‘lga qo‘yish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Kinologiya klublari uyushmasi” va «Vatanparvar” ko‘ngilli itsevarlar jamiyati bilan hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu tashkilot va jamiyatlar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalarda kinolog xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari bilan ishtirok etishib, fahrli o‘rinlarni egallashib kelishmoqda.
Bitta itni u yoki bu sohaga o‘rgatish uchun olti oy vaqt sarflanadi. Ammo, kinologlarning aytishicha, jonivorning ko‘nikmasi to u "pensiya" yoshiga yetguniga qadar rivojlantirib boriladi.
Bitta itni u yoki bu sohaga o‘rgatish uchun olti oy vaqt sarflanadi. Ammo, kinologlarning aytishicha, jonivorning ko‘nikmasi to u "pensiya" yoshiga yetguniga qadar rivojlantirib boriladi.