TOShKENT, 6 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyada yuz bergan qor ko‘chishi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan mamlakat prezidentiga hamdardlik bildirdi.
“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning sharqidagi Van muzofotida yuz bergan qor ko‘chishi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirdi”, - deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada ikki kunda ikkita qor ko‘chkisi oqibatida halok bo‘lganlar soni 33 kishiga yetgan.