Rossiya TIV Suriyada rossiyalik mutaxassislar halok bo‘lganini ma’lum qildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSituatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii
Situatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tafsilotlar oshkor etilmayapti, faqatgina mintaqadagi terrorchilarning faolligi oshgani ortidan ro‘y bergani ma’lum .

TOShKENT, 6 fev - Sputnik. So‘nggi ikki hafta ichida Idlibda Rossiya va Turkiya harbiylari halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Tafsilotlar oshkor etilmayapti, faqatgina mintaqadagi terrorchilarning faolligi oshgani ortidan ro‘y bergani ma’lum . Oxirgi 14 kun ichida ular mingdan ortiq hujumlarni amalga oshirishgan.

“Yanvar oyi o‘rtalarida Rossiya va Turkiya harbiy kuchlari Idlib deeskalatsiya hududiga “sukunat rejimi”ni joriy etishga navbatdagi urinishni amalga oshirdilar. Ammo terrorchilar nafaqat jangovar harakatlarini kamaytirmadi, balki aksincha hujumlarini kuchaytirdilar", - deyiladi TIV xabarida.

Suriya armiyasi va tinch aholi orasida halok bo‘lganlar va yaradorlar yuzga yetgani qo‘shimcha qilingan.

Bundan tashqari, xabarda Rossiyaning Xmeymim aviabazasiga zarba dronlari yordamida hujum qilish urinishlari davom etayotgani aytilgan.

Idlibdagi vaziyat

Rossiya, Eron va Turkiya 2017-yil may oyida Ostonada (hozirgi Nur-Sulton) Suriyada to‘rtta deeskalatsiya hududini yaratishga kelishib oldilar.

Ulardan uchtasi 2018-yilda Damashq nazoratiga o‘tdi. To‘rtinchisi, Idlib viloyatida va qo‘shni Latakiya, Xama va Halab viloyatlari qismlarida joylashgan bo‘lib, vaqtincha hukumat kuchlari tomonidan ishg‘ol etilmagan, aksariyat qismi Djibhat an-Nusra* terrorchilari tomonidan qo‘lga olingan.

Voronka obrazovannaya v rezultate aviaudara v gorode Idlib v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Idlibda olti nafar turk askarlari halok bo‘ldi

2018 yil sentabr oyida Sochida Rossiya va Turkiya, o‘ndan ortiq turli xil bo‘linmalar mavjud Idlibda qurolsizlashtirilgan zonani tashkil etish to‘g‘risida bitim imzoladilar. Ularning eng yirigi, turkparast guruhlar ittifoqi bo‘lmish "Milliy ozodlik fronti" va "Djebhat an-Nusra" *, jami 30 mingga yaqin jangchilardan iborat.

2020 yil 26-yanvarda Alepponing turar-joy hududlarini terrorchilar tomonidan kunliko‘qqa tutilishi natijasida o‘nlab tinch aholining hayotiga zomin bo‘layotganligi sababli, Suriya armiyasi Aleppo g‘arbiga hujumni boshladi.

Eskalatsiya avj olishi fonida Anqara va uning ba’zi sheriklari Damashq va Moskvani gumanitar nishonlarga va turk harbiylariga zarba berishda ayblamoqda. Rossiya va Suriya mintaqadagi beqarorlikning sababi terrorchilarning xatti-harakatlari ekanligini bir necha bor ta’kidlagan.

Asirga olingan jangarilar Turkiyaning "an-Nusra"ga aloqasi borligini xabar qilishdi

Hafta boshida Turkiyada suriyaliklarning qo‘lidan besh askar o‘lgani haqida xabar qilingan edi.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Yangiliklar lentasi
0