TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Nazorat bo‘lmasa paxtachilik sohasi bozorga aylanib ketishi mumkin, deydi rossiyalik mutaxassis, Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasi dotsenti Igor Abakumov.
“Davlat buyurtmasin bekor qilish paxtachilik bozorida nazoratning butunlay yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Davlat buyurtmasi bo‘lsa, qancha o‘g‘it, yonilg‘i yoki nechta traktor kerakligi aniq bo‘ladi. Buyurtma bo‘lmasa xo‘jaliklar – imkon qadar ko‘proq ishlab chiqarishga harakat qilishlari mumkin. Bu mahsulot sifati tushishiga olib kelishi mumkin. Umuman nazorat qilinmaydigan bozor yaxshi emas”, - deydi mutaxassis.
Bir necha kun oldin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga bo‘lgan murojaatnomasida, ushbu yildan boshlab paxtachilik va g‘allachilik sohalarida davlat buyurtmalari bekor qilinishi haqida e’lon qilgan edi.
O‘zbekiston hukumati ta’kidlashiga ko‘ra, ushbu chora davlatning qishloq xo‘jaligi sohasiga aralashuvini, majburiy mehrnat holatlarini, kamaytirishi kerak. Shuningdek, fermerlarga nima yetishtirishni o‘zlari hal qilishiga imkon berishi kerak.
Moskva Qishloq xo‘jalik akademiyasi dotsenti Abakumov aytishiga qaraganda, rejalashtirish - qishloq xo‘jaligi uchun baribir kerak, xoh u davlat tomonidan bo‘lsin, xoh jamoatchilik tomonidan.
“Bizga bozorning o‘zi hammasini boshqarib turadi deyishgandi, lekin unday bo‘lmadi. Bozorga ham nozik boshqaruv kerak. Maslan, ishlab chiqaruvchilarning o‘zlari tuzgan turli assotsiatsiyalari tomonidan. Ular o‘zaro hamda davlat bilan kelishgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini nazorat qilib turishlari mumkin. Axir paxta bu strategik xom-ashu. Undan nafaqat gazlama, balkim porox ham ishlab chiqariladi”, - deydi mutaxassis.
Mutaxassis aytishiga qaraganda Rossiya bunday tajribadan 1990-yillar boshida o‘tgan.