TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin koronavirus haqidagi mish-mishlarga ishonmaslikka chaqirdi.
“Biz virusning o‘zidan ham xavfliroq bo‘lgan vaziyatga oid ayrim mish-mish va yolg‘onlarga e’tibor qaratdik. Siz, ehtimol, yaqinda JSST bosh direktori barcha tomonlar mish-mishlarga ishonmasligiga va ularni tarqatmasligiga yana umid bildirganiga e’tibor qaratgansiz”, - deya siyosatchi so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.
Xitoy TIV rasmiy vakilining ta’kidlashicha, ayrim mamlakatlarda tegishli hukumat idoralari allaqachon yolg‘on xabar tarqatayotganlarni javobgarlikka tortish uchun chora ko‘rishmoqda.
U Xitoy Xitoy koronavirus 2019-nCoV tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatga shaffof va mas’uliyatli yondashayotgani va barcha ma’lumotlarni zudlik bilan ommaga taqdim etayotganini ma’lum qilgan.
2019-nCoV
O‘tgan yilning dekabrida Xitoy hukumati Uxan shahrida norma’lum bo‘lgan pnevmoniya avj olganini ma’lum qildi. Pnevmoniya qo‘zg‘atuvchisi yangi turdagi koronavirus 2019-nCoV ekanligi aniqlandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab kasallanganlar soni 28 mingtadan oshib ketgan. 553 kishi vafot etgan. Virus dunyoning ko‘plab mamlakatlarida tarqalishga ulgurgan. Hozirda unga qarshi kurashishga oid chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.