O‘zbekiston TIV Britaniyaning YeIdan chiqishi munosabati bilan maxsus axborot berdi

© REUTERS / TOBY MELVILLEFlagi Britanii i YeS.
Flagi Britanii i YeS. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buyuk Britaniya 2020-yil 1-fevralga o‘tar kechasi uch yarim yil davom etgan munozaralardan so‘ng Yevropa Ittifoqini rasman tark etdi.

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi munosabati bilan maxsus axborot berdi.

Vazirlik xabarida yozilishicha, Yevropa Ittifoqi Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi munosabati bilan Yevroittifoq qonunchiligi hamda uchinchi davlatlar bilan tuzilgan xalqaro shartnomalar Buyuk Britaniyaga nisbatan o‘tish davri mobaynida (2020 yilning 1fevralidan 31-dekabrigacha) avvalgidek kuchda qolishini bildirgan.

“Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston o‘tish davri yakunlanguncha Buyuk Britaniyani O‘zbekiston Respublikasi va Yevroittifoq o‘rtasida imzolangan barcha xalqaro shartnomalarni, jumladan 1996-yil 21-iyundagi Sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni bajarish nuqtayi nazaridan YeIning a’zo davlati sifatida biladi”, - deyilgan rasmiy bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya 1-fevralga o‘tar kechasi uch yarim yil davom etgan munozaralardan so‘ng YeIni tark etdi. U 47-yil YeI a’zosi bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0