O‘zbekistondagi dori vositalari 80 foizi xorijdan import qilinadi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishProdaja lekarstv v apteke
Prodaja lekarstv v apteke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dori vositalari 20 %ni, import dori vositalari esa 80 % ni tashkil qiladi.

TOShKENT, 5 fev – Sputnik. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dori vositalari 20 %ni, import dori vositalari esa 80 % ni tashkil qiladi. Bu haqida AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berib o‘tildi.

Pochta narkotrafigi: o‘zbekistonliklar nomiga kelgan giyoxvand dori-vositalari fosh qilindi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevning ta’kidlashicha, mahalliy ishlab chiqaruvchilar oddiy dorilarni ishlab chiqaradi va bu ishlab chiqarish salmog‘i atigi 20 % ni tashkil etmoqda. Buning sababi esa hozircha O‘zbekiston hududida texnologik dorilar ishlab chiqarilishining yo‘lga qo‘yilmaganligidir. Qolaversa, bu yo‘nalishdagi kadrlar yetishmasligi ham asosiy muammo bo‘lib turibdi.

“Hozirda dorilarning mahalliy ishlab chiqarilishini jadallashtirish harakatidamiz,” - deydi Sardor Kariyev.

Uning ta’kidlashicha, prezident farmoniga muvofiq Qibrayda 2020-2024 yillarda Farmatsevtika universitetini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Ushbu universitetga chet ellik hamkorlar bilan birgalikda tadqiqot institutlari ko‘chirib o‘tkazilib, dorilarning sifat nazoratini olib boruvchi labaratoriyalar tashkil qilinadi. Institut qoshida yangi ishlab chiqarish korxonalari tashkil qilinadi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun kamida 2-3 yil kerak.

Shunda 80 foizlik import ko‘rsatkichlari  o‘zgarib, O‘zbekiston hududida ham dori vositalarining ishlab chiqarilishi va eksport salmog‘ining oshishiga umid qilsa bo‘ladi. 

O‘zbekistonda 190 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilgan.

Yangiliklar lentasi
0