“Ayollar shunchalik ozod bo‘lishdiki, ko‘rib ko‘ngling ayniydi”: Irina Viner-Usmonova intervyusi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishIrina Viner-Usmanova
Irina Viner-Usmanova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliarder Alisher Usmonovning rafiqasi yangi intervyu berdi. Unda ayollarning asosiy vazifasi, o‘zining ayollar ozodligiga bo‘lgan munosabati haqida so‘zlab berdi.

TOShKENT, 5 fev - Sputnik. Badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan yana bir intervyu berdi.

Intervyu kecha GQ veb-saytida chop etildi.

Xususan, taniqli murabbiy ayollarning erkinligiga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi.

“Ayollar shunchalik ozod bo‘lishdiki, ko‘rib ko‘ngling ayniydi. Shunchalikka yetib bordiki, erkaklar ayollarga iltifot ko‘rsatgani uchun ayblanmoqdalar. Bu xaos", dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayolning qismati oxir-oqibat oila qurish va farzand dunyoga keltirishdir.

“Hozir ular qanday turmush qurmoqdalar? Ular shunchaki birgalikda yashashmoqda, bu ham normal holat. Uzuklar, imzolar shart emas. Gap aynan shulardami? Bu yoshlarning ular bir butun ekanliklarini anglash uchun lozim”, - deb davom etadi Irina Aleksandrovna.

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishIrina Viner-Usmanova i Alisher Usmanov
“Ayollar shunchalik ozod bo‘lishdiki, ko‘rib ko‘ngling ayniydi”: Irina Viner-Usmonova intervyusi - Sputnik O‘zbekiston
Irina Viner-Usmanova i Alisher Usmanov

Shuningdek, u Alisher Usmonov bilan nikoh haqida ham gapirib, ular ongli yoshda uchrashganligini aytdi.

“Biz u bilan 45 yoki 46-yildan beri yashab kelmoqdamiz”, - deydi u.

Viner-Usmanova o‘zi xarid qilgani do‘konlarga bormasligini aytdi: barcha kiyim-kechak va zargarlik buyumlarini sovg‘a qilishadi. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, erkak kishi ayol kishiga zargarlik buyumlarini sovg‘a qilishi muhim, garchi ayolning pul bo‘lsada.

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishIrina Viner-Usmanova
“Ayollar shunchalik ozod bo‘lishdiki, ko‘rib ko‘ngling ayniydi”: Irina Viner-Usmonova intervyusi - Sputnik O‘zbekiston
Irina Viner-Usmanova

Eslatib o‘tamiz, Irina Viner - Alisher Usmonovning rafiqasi. U samarqandlik, uch marta badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.

Alisher Usmonovning rafiqasi va Alina Kabayeva Toshkentga tashrif buyurishdi

1992 yildan beri Irina Viner Moskvada yashaydi. 2001-yildan beri u badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya milliy jamoasining bosh murabbiyidir.

Yangiliklar lentasi
0