Pompeo Shinjondagi etnik qozoqlarning og‘ir ahvoli haqida bayonot berdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVizit gossekretarya SShA M. Pompeo v Minsk
Vizit gossekretarya SShA M. Pompeo v Minsk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Xitoydagi qozoqlar va uyg‘urlarga qarshi qatag‘onni to‘xtatishni talab qilmoqda, dedi Qozog‘istonga safari chog‘ida Mayk Pompeo.

TOShKENT, 4 fev - Sputnik. Xitoyning Shinjon viloyatida uyg‘urlar va etnik qozoqlarning og‘ir vaziyati Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi va AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo tomonidan muhokama qilindi, deb xabar beradi Sputnik Qozog‘iston.

"Inson huquqlarini himoya qilinishi millat ruhini belgilaydi. Biz odam savdosi bilan bog‘liq masalalarni, XHR ning Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlarida joylashgan lagerlarida bo‘lgan bir milliondan ortiq musulmon uyg‘urlar va etnik qozoqlar masalalarini muhokama qildik", dedi Mayk Pompeo Nur-Sultondagi matbuot anjumanida.

U o‘z nutqida AQSh barcha davlatlarga qo‘shilib qatag‘onlarga chek qo‘yishni talab qilganini aytdi.

"Biz Xitoyni tark etishni istagan odamlarning xavfsizligini ta’minlashga, ushbu odamlarning insoniy qadr-qimmatini himoya qilishga chaqiramiz", - deya xulosa qildi Davlat kotibi.

Shuningdek, u Qozog‘istonning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi va Qozog‘istonning Suriya va Iroqdan ayollar va bolalarni olib chiqish bo‘yicha operatsiyalari boshqa davlatlarni ham ilhomlantirishi kerakligini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0