TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov 29-fevral kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasida yozib qoldirgan.
Mazkur jang AQShning Texas shtatidagi Frisko shahrida bo‘lib o‘tadi. Biroq Madrimov jangni kimga qarshi o‘tkazishiga oydinlik kiritmagan.
fightnews.info nashri xabariga ko‘ra, Madrimovga 40 yoshli ring faxriysi kolumbiyalik Charlz Navarro raqiblik qiladi. Jang 10 raundga mo‘ljallangan.
Madrimovning raqibi Navarro professional boksda hozirgacha 38 marotaba ringga ko‘tarilgan. Janglarning 29 tasida g‘alabani qo‘lga kiritgan va 22 tasida raqibini nokaut holatiga tushirgan. Shuningdek, u 9 marotaba mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov o‘tgan yilning 5-oktabr kuni meksikalik raqibi Alexandro Barrera yer tishlagan edi.